Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlari 1 425 dona avtomobilni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 50,5 foizga ko'p bo'ldi. Brend sedan va krossoverlar o'rtasida muvozanatli bo'lgan talabning tarkibini namoyish etmoqda.

Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlar tarkibi:

  • Arrizo 6 Pro – 574 dona sedan. Chery dekabr oyidagi eng talabgir model bo'lib, u umumiy sotuvning 40 foizini ta'minladi va noyabr oyiga nisbatan 96,5 foizga o'sdi.
  • Tiggo 7 Pro – 565 dona krossover.
  • Tiggo 8 Pro – 139 dona krossover.
  • Tiggo 2 Pro – 131 dona ixcham krossover.
  • Arrizo 8 PHEV – 16 dona biznes toifadagi sedan.

Chery dekabr oyini Arrizo 6 Pro va Tiggo 7 Pro ommabopligi tufayli sezilarli darajada o'sish bilan yakunlab, birgalikda brend sotuvlarining qariyb 80 foizini tashkil etdi. Ushbu modellarga bo'lgan yuqori talab xaridorlarning sedan va krossoverlarga bo'lgan barqaror qiziqishini tasdiqlaydi va brendga yilni ishonch bilan yakunlash imkonini beradi.