2025-yil sentabr oyida Chery brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 1 024 dona Chery avtomobillarini sotdi. Ushbu natijalar O'zbekiston uchun maxsus moslashtirilgan zamonaviy modellarga bo'lgan barqaror qiziqishni ko'rsatmoqda.

  • Arrizo 6 Pro – 399 dona sedanlar (Chery umumiy sotuv hajmining 39 foizi). Arrizo 6 Pro – qulaylik, dizayn va narx o'rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun universal sedan.
  • Tiggo 7 Pro – 291 dona krossoverlar va Tiggo 2 Pro – 229 dona krossoverlar. Keng Tiggo 7 Pro va ixcham Tiggo 2 Pro shaharda ham, undan tashqarisida ham talabgir krossoverlar hisoblanishadi.
  • Tiggo 8 Pro – 94 dona krossoverlar. Tiggo 8 Pro oila va yuqori darajadagi qulaylikni qadrlovchilarga mo'ljallangan.
  • O'zbekiston bozori uchun yangilik – Arrizo 8 Hybrid – 11 dona sedanlar. Arrizo 8 Hybrid – O'zbekiston sharoiti uchun maxsus moslashtirilgan gibrid bo'lib, o'zining qulayligi, to'liq quvvatlanishda safar masofasi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va ekologik yechimlarga qiziquvchi xaridorlar uchun jozibador hisobalandi.

Chery sedan va krossover segmentidagi o'rnini mustahkamlab, barqaror natija ko'rsatmoqda. Arrizo 8 Hybrid gibrid modelining paydo bo'lishi brend uchun bozorda yangi istiqbollarni ochmoqda.