Xitoyning Uxu shahrida “Birgalikda. Oila uchun” (“Together. For Family”) shiori ostida “Chery brendi kechasi 2026” (“Chery Brand Night 2026”) bo‘lib o‘tdi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga O‘zbekistondan tashrif buyurgan vakillar va Chery avtomobillari egalari ham qo‘shildi.
Kecha Chery foydalanuvchilarining 2026-yilgi xalqaro sammiti (Chery International User Summit 2026) doirasidagi asosiy tadbirlardan biri bo‘ldi. Chery bir maydonda turli mamlakatlardan kelgan avtomobil egalarini birlashtirdi, yangi modellarni taqdim etdi va brend avtomobillari kundalik hayotining bir qismiga aylangan oilalarning hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekiston vakillari uchun tadbirdagi ishtirok xalqaro auditoriyani Chery’ning mahalliy hamjamiyati hamda mamlakatimizdagi brend avtomobillari egalarining tajribasi bilan tanishtirish imkoniyati bo‘ldi.
Konsta Chery Brand Night sahnasida O‘zbekistonni taqdim etdi
Kechaning yorqin lahzalaridan biri Chery International tomonidan Brand Night tadbiriga Chery Uzbekistan ambassadori sifatida taklif etilgan o‘zbekistonlik ijrochi Konsta chiqishi bo‘ldi.
Xalqaro tomoshabinlar oldida san’atkor ikki kompozitsiyasi – “Insonlar” va “Sengacha” qo‘shiqlarini ijro etib, kecha dasturiga yorqin o‘zbekona ruh bag‘ishladi.
Konsta, shuningdek, Tiggo 8 PHEV avtomobilining egasi hamdir. Uning tadbirdagi ishtiroki O‘zbekistondagi mijozlarning shahar ichidagi qatnovlarda elektr yordamida tortishdan foydalanish imkonini beradigan va uzoq yo‘nalishlarda benzin dvigatelining qulayligini saqlab qoladigan gibrid avtomobillarga qiziqishi ortib borayotganini aks ettiradi.
O‘zbekistonlik Chery avtomobili egasi Brand Trust Star Award mukofotiga sazovor bo‘ldi
Chery Brand Night doirasida kompaniya, shuningdek, turli mamlakatlardagi brend avtomobillarining eng sodiq egalarini taqdirladi.
Taqdirlanganlar orasida Chery brendining sodiq mijozlaridan biri, O‘zbekiston vakili Sardor Abdullayev ham bo‘ldi. U kompaniya avtomobil egalarining brendga bo‘lgan ishonchi va sodiqligini e’tirof etuvchi “Brand Trust Star Award” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Avtomobil egalarining bunday hikoyalari “Oila uchun” falsafasining muhim qismi hisoblanadi. Chery uchun avtomobil texnologiyalari, avvalo, oilaning haqiqiy ehtiyojlariga javob berishi – kundalik safarlarni yanada qulay, shinam va amaliy qilishi lozim.
Kundalik va uzoq safarlar uchun yangi modellar
Kecha davomida, shuningdek, Tiggo 7 va Tiggo X7 modellarining jahon premyeralari bo‘lib o‘tdi.
Tiggo 7 oilaning kundalik ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan bo‘lib, keng salon, qulaylik va xavfsizlikni o‘zida mujassam etgan. Avtomobil shahar ichidagi har kungi qatnovlar va oilaviy yumushlar uchun ham, dam olish kunlaridagi sayohatlar uchun ham mo‘ljallangan.
Tiggo X7 yangi Chery Tiggo X seriyasining birinchi modeli bo‘ldi. U avtomobil nafaqat shahar uchun, balki uzoq safarlar va turli yo‘l sharoitlaridagi yo‘nalishlar uchun ham zarur bo‘ladigan oilalarga mo‘ljallangan.
Bunday format O‘zbekiston uchun ham ayniqsa dolzarb, chunki bu yerda bitta avtomobildan ko‘pincha ham shahar bo‘ylab kundalik qatnovlar, ham butun oila bilan shaharlararo sayohatlar uchun foydalaniladi.
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar – Chery global hamjamiyatining bir qismi
Chery foydalanuvchilarining 2026-yilgi xalqaro sammiti nafaqat yangi avtomobillar va texnologiyalar taqdimoti uchun maydon, balki turli mamlakatlardan kelgan Chery avtomobillari egalarining uchrashuv joyiga ham aylandi.
“Chery brendi kechasi” tadbiridan tashqari, sammit dasturiga avtomobil testi, foydalanuvchilar uchun tadbirlar hamda yangi texnologik ishlanmalar, jumladan, sun’iy intellekt sohasidagi yechimlar va AiMOGA robototexnikasi namoyishi kiradi.
O‘zbekiston vakillarining ishtiroki Chery avtomobillari egalarining mahalliy hamjamiyati brendning xalqaro hayotining bir qismiga aylanayotganini ko‘rsatadi. Konsta chiqishi va Sardor Abdullayevning taqdirlanishi ham mamlakatimizni “Chery brendi kechasi” sahnasida yanada yorqin taqdim etish imkonini berdi.
“Birgalikda. Oila uchun” shiori ostida tadbir yangi avtomobillar, zamonaviy texnologiyalar va turli mamlakatlardan bo‘lgan Chery avtomobillari egalarining hayotiy hikoyalarini birlashtirdi.