Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda — «Siyosat») Chery Uzbekistan (keyingi o'rinlarda — «Kompaniya», «biz») cheryauto.uz sayti (keyingi o'rinlarda — «Sayt») foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini qanday to'plash, foydalanish va himoya qilishini tavsiflaydi.
1. Qanday ma'lumotlar to'planadi
Saytdan foydalanish jarayonida quyidagi ma'lumotlar to'planishi mumkin:
- Ism va familiya
- Telefon raqami va elektron pochta manzili
- Transport vositasi haqida ma'lumot (servis yoki test-haydash arizasi berilganda)
- Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, brauzer turi, cookie ma'lumotlari
2. Ma'lumotlardan qanday foydalaniladi
To'plangan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- Test-haydash, avtoalmashish, servis xizmati arizalarini ko'rib chiqish
- Foydalanuvchi so'rovi bo'yicha u bilan bog'lanish
- Sayt ishlashini va xizmat sifatini yaxshilash
- Axborot va reklama xabarlarini yuborish (rozilik mavjud bo'lganda)
3. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish
Biz foydalanuvchining roziligisiz shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatmaymiz, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek arizada ko'rsatilgan maqsadlarda Chery diler tarmog'iga uzatish mumkin.
4. Ma'lumotlarni saqlash va himoya qilish
Shaxsiy ma'lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi. Biz ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish, o'zgartirish yoki yo'q qilishning oldini olish uchun texnik va tashkiliy choralar ko'ramiz.
5. Cookie
Sayt to'g'ri ishlashi, trafik tahlili va kontentni shaxsiylashtirishni uchun cookie fayllaridan foydalanadi. Cookie-ni brauzer sozlamalarida o'chirib qo'yishingiz mumkin, lekin bu Saytning ba'zi funksiyalarining ishlashiga ta'sir qilishi mumkin.
6. Foydalanuvchi huquqlari
Siz istalgan vaqtda:
- Shaxsiy ma'lumotlaringizga kirish huquqini so'rashingiz
- Ma'lumotlarni to'g'rilash yoki o'chirishni talab qilishingiz
- Ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olishingiz mumkin
Huquqlaringizni amalga oshirish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: [email protected]
7. Siyosatdagi o'zgarishlar
Kompaniya ushbu Siyosatga o'zgartishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Joriy versiya har doim ushbu sahifada mavjud bo'ladi. O'zgarishlar e'lon qilinganidan so'ng Saytdan foydalanishni davom ettirish yangilangan Siyosatga rozilikni bildiradi.
8. Aloqa
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq savollar bo'yicha murojaat qiling:
Email: [email protected]
Manzil: Toshkent sh., O'zbekiston Respublikasi