Chery oilasida yangi mehmon! Mushukchamiz Tashkent City Mall’da avtomobilimiz ustiga allaqachon joylashib oldi. Sizningcha, unga qanday ism yarashadi?

Oilaviy davrada yoki do‘stlaringiz bilan keling, mushukcha bilan suratga tushing va unga o‘zingiz taklif qilgan ismni bering!

Qanday ishtirok etish mumkin?

  1. Tashkent City Mall’dagi Chery ekspozitsiyasi yonida suratga tushing. Suratda siz, mushukcha va Chery avtomobili bo‘lishi kerak.
  2. Suratni Instagram sahifangizga joylang va post izohida mushukchamizga qanday ism qo‘ygan bo‘lardingiz, shuni yozing.
  3. @cheryuzbekistan sahifasini belgilang, #withCherywithLove xeshtegini qo‘shing va tanlov davomida profilingizni ochiq qoldiring.

Uchta nominatsiya — Green Hills Resort’ga uchta yo‘llanma!

  • Eng samimiy oilaviy surat
  • Mushukcha uchun eng original ism
  • Eng quvnoq surat

Chery hakamlar hay’ati har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan g‘olibni tanlaydi. Layklar va obunachilar soni hakamlar hay’ati qaroriga ta’sir qilmaydi.

Tashkent City Mall’dagi Chery mushukchasi yonida ko‘rishguncha!

Batafsil ma’lumot va tanlov ofertasi